02:25 Liviyaning sobiq bosh prokurorini otib ketishdi... | |
| 8-fevral kuni kechki payt Liviyaning sobiq bosh prokurori Abdulaziz al- Xasadiyni noma’lum kishilar mamlakat shimolidagi o‘z ona shahri — Dernada otib ketishgan. Bu haqda Agence France-Presse xabar tarqatgan. Liviya adliya vaziri Saloh al- Marg‘oniyning so‘zlariga ko‘ra, Al-Xasadiy o‘z qarindoshlarini ko‘rishga borgan payti o‘ldirilgan. Bu suiqasd uchun javobgarlikni hech kim bo‘yniga olmagan. Islomiy qarashlarida sobit bo‘lgan Al-Xasadiy 2011-yili Muammar Qaddafiy tuzumi tugatilgach bosh prokuror etib tayinlangan. 2013-yilning mart oyida u salomatligi yomonlashganligi sababli iste’foga chiqqan edi. Qaddafiy ag‘darilgach, Liviyada amaldor shaxslarga, sudyalar va xavfsizlik xizmatlari xodimlariga bir necha bor hujum qilingan. Joriy yil yanvar oyining o‘zida jangarilar yuqori lavozimli kishilarga ikki marotaba suiqasd uyushtirishgan. Ichki ishlar vaziri Seddiq Abdulkarimga qilingan hujumda hech kim jabrlanmagan, biroq sanoat vazirining o‘rinbosari Hasan Al-Druiy 11-yanvar tunda otib ketilgan. Liviyada nafaqat davlat xizmatchilariga, balki mamlakatda faoliyat olib borayotgan xorijliklarga nisbatan ham qurolli hujumlar bo‘lib turadi. | |
|
| |
| Всего комментариев: 0 | |
| Меню сайта |
| Форма входа |
| Категории раздела | ||||
|
| Поиск |
| Календарь |
| Архив записей |
| Наш опрос |
| Мини-чат |
| Друзья сайта |
|
|
| Статистика |
Всего на сайте: 3 Гостей: 3 Пользователей: 0 |