10:16 Musulmon | |
| Meksika, 1980-yil. Mamlakatni chekka hududlarining biridan poytaxtga qarab yölga otlangan avtobus ichida bir immigrant musulmon kishi bor edi. Yöl ancha uzoq. Namoz vaqti bölgach musulmon haydovchidan avtobusni 5 daqiqaga töxtatib turishni söradi. Avtobus töxtagach u pastga tushib joynamozini yerga yozdi va namoz öqiy boshladi. Hamma uni kuzatib turardi. Xuddi shu avtobusda bir guruh natsizm kayfiyatidagi yoshlar ham ötirardi. Ular namoz öqib bölib avtobusga qaytgan kishi ustidan kulib masxara qildilar. Avtobus yölida davom etdi. Ancha vaqt ötgach yana namoz vaqti yaqinlashdi va musulmon haydovchidan avtobusni töxtatishni iltimos qildi. U pastga tushib yana öz farzini ado etish u-n shom namozini öqishga kirishdi. Shu onda avtobusdagi natsistlar avtobusning töxtab qanaqadir bir kelib chiqishi noma'lum bölgan muxojirni bunchalik kutishlarini hazm qila olmadilar va öz e'tirozlarini ochiqchasiga qolganlarga bildirishdi. Ular musulmonning narsalarini tashqariga itqitishdi. Namoz öqib bölgach avtobusga chiqmoqchi bölgan kishi unga nisbatan bölayotgan tajovvuzdan hayratga tushdi. "Yaxshilar, hademay kuchli yomg'ir yog'adiganga öxshaydi, bu sahro bag'ridan avtomobillar ham kam ötadi, Xudo haqqi bunday qilmang",- iltimos qildi u ichkaridagilarga. Ammo uni eshitishmadi. "Xohlasang tonggacha bukilib ibodat qil, ösha Xudoing seni g'amingni yesin, biz emas",- jahl b-n baqirdi ulardan biri. Ularning qistovi b-n haydovchi noiloj avtobusni yurg'azdi. Musulmon narsalarini yig'ib, asfalt yöl böylab oldinga yura boshladi. Darhaqiqat tezda kuchli yomg'ir yog'a boshladi. Musulmon yurishdan töxtadi. Bir ozdan söng bir yuk avtomobili uning yoniga kelib töxtadi. Bu vaqtda jala avjiga chiqqandi. Haydovchi bunaqa havoda haydash xavfli dedi va jala tingancha kutish u-n mashinani yöl chetida töxtatdi. Jala tongga qadar yog'di. Tongda ular yölga chiqishdi. 5-6 chaqirim yurishgach ular halokatga uchragan avtobusga yöliqishdi. Natsistlar haq edi: musulmonning Xudosi uni saqlab qolgandi... | |
|
| |
| Всего комментариев: 0 | |
| Меню сайта |
| Форма входа |
| Категории раздела | ||||
|
| Поиск |
| Календарь |
| Архив записей |
| Наш опрос |
| Мини-чат |
| Друзья сайта |
|
|
| Статистика |
Всего на сайте: 4 Гостей: 4 Пользователей: 0 |