Rashid Xoliqov "Muloqot intervyu” loyihasi mehmoni bo‘lib, "Muloqot” ijtimoiy tamog‘i a’zolari tomonidan Intervyu.uz saytida qoldirilgan savollarga javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, "Muloqot intervyu” — videoloyiha. Quyida bo‘lib o‘tgan suhbatning matn ko‘rinishini sizlarga taqdim etamiz. Video talqini esa yaqin kunlarda e’tiboringizga havola etiladi.

Foto: "Muloqot intervyu”
Акбаршох Ахмедов
Ijodingizning gullab yashnagan davrlari nechanchi yillarga to‘g‘ri keladi?Rashid Xoliqov: Savol juda ham yaxshi. 1991-yil ansamblimiz tashkil topgan bo‘lsa, o‘sha yilning o‘zida ijodimiz gullab-yashnagan, deb ayta olaman. Ammo san’atkorning hayotida eng muhim voqealardan biri bu — uning unvon olishi. Kichkinagina qilgan xizmatimizga davlatimizning e’tibori bilan 1999-yilda "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” va "Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvonlarini oldim. Menimcha, shu paytlar ijodimizning eng gullab-yashnagan paytlari bo‘lsa kerak.
A’zam Qosimov
"Shahzod” guruhining rasmiy sayti bormi?
Rashid Xoliqov: Saytimiz bor, biroq hozir ishlamayapti. Chunki men 2013-yilda ijoddan biroz chetda bo‘ldim. Mana endi yangi yildan yo‘lga qo‘yamiz.
Ruslan Rustamov (ruslanmedia)
Nega yangi qo‘shiqlar yaratmayapsiz? Ijodingizda yangiliklar ko‘rmayapmiz.Rashid Xoliqov: Qo‘shiq yaratishda har doim songa emas, sifatga ahamiyat berganmiz. Shuning uchun sifatli va xalqqa manzur bo‘ladigan taronalar yaratgim keladi. Ansamblimiz tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi. Biz har doim yoningizda bo‘lamiz va o‘zimizning qo‘shiqlarimiz bilan sizni xursand qilamiz. Faqat siz shoshmasangiz bo‘ldi.Bek Uzbekistan
Rashid aka, sir emaski, hamma baxtni har xil va o’zicha tushunadi. Aytingchi, siz uchun baxt nima?Rashid Xoliqov: Odamning sog‘-salomatligi, oilasi borligi, uning tinchligi, qolaversa, yurtining tinchligi katta baxt.Bek Uzbekistan
O‘zbekistonlik qaysi ijodkorlar va san’atkorlarning ijodini kuzatasiz va hurmat qilasiz? Siz muxlislik qiladigan san’atkorlar kimlar?Rashid Xoliqov: Uyda o‘tirib, radio yoki televizorni yoqib kimnidir kuzataman, desam yolg‘on bo‘ladi. Biz 22 yildan beri ishlab kelayotgan bo‘lsak, o‘sha paytdan beri hozirgacha ishlayotganlar barmoq bilan sanoqli. Keyin safimizga kelib qo‘shilgan ukalarimiz, singillarimiz yaxshi qo‘shiqlar ijro etishadi. Men bundan xursand bo‘laman.s_e_v_a_r_a
"Muhabbatim sen” qo‘shig‘ingizni kimga bag‘ishlagansiz?Rashid Xoliqov: Chiroyli she’rga yozilgan qo‘shiq. Kimgadir alohida atalgan joyi yo‘q.Foto: "Muloqot intervyu”
Bek Uzbekistan
Rashid Xoliqov bir necha marotaba fransuzcha qo‘shiq kuylaganingizni bilamiz. Savolim shundayki, siz fransuz tilini bilasizmi? Yana qaysi tillarni mukammal bilasiz?
Rashid Xoliqov: Fransuz tilini bilmayman. Fransuzcha qo‘shiq kuylaganimizda Shoira opa degan o‘qituvchi bo‘lar edi. Shu kishi bilan so‘zlarini o‘rganib, talaffuzini to‘g‘rilab, keyin kuylaganmiz.
Dostonbek Nazirbekov
Rashid aka, hozirgi paytda urf bo‘layotgan rep musiqalariga munosabatingiz qanday? Salbiymi yoki ijobiymi? Uni tinglayotganlarga-chi?
Rashid Xoliqov: Rep musiqalari aynan hozirgi paytda urf bo‘lmayapti. Bunaqa yo‘nalish ancha paytdan beri rivojlanib kelyapti. Menga juda ham yoqadi.
Nodirshoh Inomov ( Hirundinesiya )
Assalomu alaykum, hurmatli Rashid aka. Men kelajakda qo‘shiq yozish niyatim bor. Hammada bo‘lgandek, meni musiqaga o‘zgacha qarashim bor, masalan folkrock janrida ijod qilish yoki yangi o‘zbek musiqiy janrini yaratish va bu janr shunday mashhur bo‘lsinki, g‘arbona rock va shunga o‘xshash janrlarni o‘rnini egallasin. Shu fikrimga qanday qaraysiz? Maslahat bersangiz.
Rashid Xoliqov: Musiqa yozish uchun o‘qish emas, uqish kerak, deb o‘ylayman. Chunki hech qayerda o‘qimagan, ammo juda chiroyli musiqalar yozadigan bastakorlarni bilaman. Eng kerakligi dildan va samimiyat bilan o‘zingizni aldamasdan chiroyli musiqa yozsangiz, albatta, uni tinglovchilar topiladi.
jonny1123
Какие песни лучше всего отражают ваше отношение к работе? Каким был Ваш самый большой личный провал? Оглядываясь на него теперь, сделал он Вас слабее или сильнее? Чему он научил?
Rashid Xoliqov: Har bir qo‘shiq yaratganimizda yuragimizning bir qismini qo‘shamiz, busiz iloji yo‘q. Keyinchalik shu qo‘shiqlarni eshitganingizda, o‘sha qo‘shiqning qanday yaratilganligi xayolingizdan o‘tadi. Men o‘zi stabil odamman, pastlashga ham hali shoshayotganim yo‘q. Nasib qilsa guruhimizning 30—40 yilliklarida ham mana shunday suhbatlar quramiz.
samandar946
Как вы считаете, если бы вы не стали певцом, в какой области вы работали бы? И с кем вы бы хотели спеть с Европы?
Rashid Xoliqov: Bilmadim, balki uchuvchi yoki shifokor bo‘lardim. Lekin shu hayotga yana kelsam, yana san’atkorlik yo‘lini tanlar edim. Chunki bu kasb insonlarga xursandchilik, yaxshi kayfiyat taqdim etadi.
Foto: "Muloqot intervyu”
Rashid Xoliqov suhbat yakunida Nodirshoh Inomovning kompozitorlik haqidagi savolini "Eng yaxshi savol” deb topdi. "Eng yaxshi savol” egasiga "Muloqot” saytlar tarmog‘idan esdalik sovg‘asi taqdim etiladi.